Yirik xorijiy kompaniya O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin
Kecha, 9-oktyabr kuni AKT vazirligida «Hangzhou Hikvision Technology Co., Ltd» kompaniyasi prezidenti Yangjon Xu bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonda «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirishda ushbu xorijiy kompaniyaning ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar loyiha bilan bog‘liq masalalarni birgalikda o‘rganishga kelishib oldilar. Bu esa «Xavfsiz shahar» loyihasini amalga oshirishda konseptual yondashuvlarni aniqlashda foydali bo‘lishi mumkin.
«Hikvision» kompaniyasi «Xavfsiz shahar» loyihalarini amalga oshirish va videokuzatuv tizimlari sohasidagi texnologiyalarni joriy qilishda katta tajribaga ega. Bunga Seul, Shanxay, Nyu-York, Ukraina, Belarus va Singapurdagi 100 mingdan ortiq IP-kameradan iborat «Xavfsiz shahar»larni misol keltirish mumkin. «Hikvision» mahsulotlari jahonning 150 dan ortiq mamlakatlarida muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter