Yagona portalda yangi xizmat ishga tushdi
Endi bino va inshootlarning yong‘in xavfsizligi talablariga javob berish xulosasini my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 apreldagi 142-son qaroriga muvofiq, bino (inshoot) va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosa Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan my.gov.uz orqali beriladigan bo‘ldi.
Buning uchun:
- jismoniy yoki yuridik my.gov.uzorqali ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza yo‘llaydi;
- ariza kelib tushgach, vakolatli organ bino va xonalarni 10 ish kuni davomida normativ-huquqiy hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga asosan joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Xizmat uchun BHMning 10 foizi (33 ming so‘m) miqdorida davlat yig‘imi undiriladi. My.gov.uz orqali murojaat etilganda 10% chegirma hisobiga 29 700 so‘m to‘lanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter