Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona identifikatsiya tizimining yangi versiyasi ishga tushirildi (video)

Yagona identifikatsiya tizimining yangi versiyasi ishga tushirildi (video)

Elektron hukumatning muhim tarkibiy qismlaridan biri – bu Yagona identifikatsiya tizimi, ya’ni ONE ID hisoblanadi. Ushbu tizim 2016-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, id.gov.uz sayti orqali foydalanuvchilarga yaxshi tanish.

Tizimning samaradorligini oshirish, foydalanuvchilarga yangi imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida Yagona identifikatsiya tizimining yangi versiyasi joriy yilning 1-dekabridan sinov tartibida o‘z faoliyatini boshladi.

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tizimdan foydalanish ketma-ketligini o‘rganish uchun videoqo‘llama tayyorlashdi.

ONE ID tizimida ro‘yxatdan o‘ting va elektron hukumatning barcha imkoniyatlaridan foydalaning.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring