Xitoylik muhandislar suvni yorug‘lik yordamida tozalash usulini ixtiro qilishdi
Xitoylik olimlar ifloslangan suvni yorug‘lik nuri hamda grafen to‘rlar yordamida tozalaydigan yangi materialni yaratdi, deb xabar berdi «NV.ua».
Material grefen va titan ikki oksidi aralashmasidan iborat.
Xususan, Shanxay silikat kimyosi instituti ilmiy rahbari Xuan Futsyanning ma’lum qilishicha, grafen o‘zining uch o‘lchamli strukturasi yordamida «loyni ushlab oladi», fotokatalizator hisoblanuvchi titan ikki oksidi esa zaharli organik moddalarning fotokimyoviy degradatsiya jarayonini tezlashtiradi.
Yangi material suvdagi og‘ir metallarni kamaytiradi, undan sanoat chiqindi suvlarini tozalashda foydalanish mumkin. Mazkur yangilik Shanxayda, shuningdek, Szyansu va Anxoy provinsiyalarida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgan.
Bir oy davomida o‘tkazilgan sinov natijalariga ko‘ra, yangi materialdan iborat to‘rlar joylashtirilgan daryo va ko‘llardagi suvlarning tozalik sifati sezilarli darajada oshgan. Uni hozirda ommaviy ishlab chiqarish boshlab yuborilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter