«Xiaomi» bolalarni o‘qitishga qodir robotni 360 dollardan sotuvga chiqaradi
«Xiaomi» kompaniyasi «NUWA XiaoDan» nomli robotni yaratdi. Ixtirochilarning so‘zlariga qaraganda, mazkur robot sun’iy intellekt texnologiyasi yordamida ayrim «hissiyot»larni namoyon etishga qodir, deb xabar berdi «NV.ua».
Robotlar his qilish va tabiiy hissiyotlarni namoyon etishga qodir bo‘lmasa-da, «XiaoDan» atrofdagi odamlarning xatti-harakatlari va qiliqlarini takrorlashga qodir.
«XiaoDan» odamlarning yuzini, ob’yektlarni, harakatlarni, ovoz manbalarini taniy oladi. Shu bilan birga robot dialoglarni tushunish va uni tahlil qilish imkoniyatiga ham ega bo‘lib, unga javoban uch o‘lchamli dinamik hissiyotlar modelini yaratadi. Bu esa odamlarning hissiy harakatlarini o‘zgartirishga xizmat qiladi.
Mazkur robotning og‘irli 4 kilogrammni tashkil etadi va g‘ildiraklari yordamida harakatlanadi. U bemalol 360 darajaga aylana oladi. Batareyasining quvvati esa 5200 mA/soatga teng.
«XiaoDan» «yuz» sifatida 7 dyuymli ekrandan hamda ovozlar va suhbatlarni eshitish uchun ko‘p yo‘nalishli mikrofondan foydalanadi. Shuningdek, uning yuqori qismiga kameraga o‘rnatilgan va «Wi-Fi» orqali videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish mumkin. «XiaoDan» uchun maxsus intellektual dialog tizimi yaratilgan, biroq smartfon yordamida uni qayta dasturlashtirib, yangi jumlalarni qo‘shish mumkin.
«Xiaomi NUWA XiaoDan»dan uy sharoitirda repititor sifatida foydalansa bo‘ladi. U bolalarni ingliz tili yoki boshqa maktab darslariga, xususan, matematika yoki astronomiyaga o‘rgata oladi.
Ushbu robot yaqin kunlarda Xitoy bozorlarida 360 dollardan sotuvga chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter