Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xalqaro IT-sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmi qaytarib beriladi

Xalqaro IT-sertifikatlarini olgan yoshlarga xarajatlarning yarmi qaytarib beriladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda IT Park  bo‘lim boshlig‘i Jamila Xalibayeva ma’lum qildi.

Xalqaro IT-sertifikatlarini olishda rag‘batlantirish tizimi mamlakatimiz yoshlarining muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvi va o‘z ustida ishlash uchun sharoit yaratish, salohiyatini oshirish, shuningdek, davlatimiz yanada rivojlantirish manfaatlarida foydalanish uchun joriy etildi.

Dastur IT-Park va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirildi.

Dastur bilan IT-mutaxassislariga xalqaro sertifikat olishga sarflanadigan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olish imkonini beriladi.

Kompensatsiya pulini xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga kiritishi mumkin.

Kompensatsiya olish uchun arizalar onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali yuboriladi.

Arizaga quyidaki hujjatlarni ilova qilish lozim:

  • o‘qish va xalqaro sertifikat olish uchun xarajatlar kvitansiyasi;
  • xalqaro IT-sertifikatining nusxasi.

E’tibor bering, kompensatsiya olish uchun sertifikat olgandan so‘ng 180 kundan kechiktirmaslik lozim;

  • kompensatsiya o‘tkazish uchun bank karta raqami, bank tranzit raqami, STIR va bank kodi;
  • ariza beruvchi 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-ona/vasiylarning ma’lumotlarini ko‘rsatish lozim.

Agar ariza beruvchining so‘rovnomadagi rekvizitlari va unga ilova qilingan hujjatlar belgilangan talablarga javob bersa, kompensatsiya ariza to‘ldirilgan kundan boshlab 17 ish kuni ichida amalga oshiriladi.

Kompensatsiya beriladigan xalqaro IT-sertifikatlarining to‘liq ro‘yxati it-istedod.uz saytida joylashtirilgan.

Kompensatsiya miqdorini hisoblash olingan sertifikat IT-mutaxassislik darajasiga bog‘liq. Xususan, boshlang‘ich darajasi sertifikatlari uchun 30 %, o‘rtacha daraja uchun 40 % va yuqori darajadagi IT-mutaxassislik sertifikatiga 50 % kompensatsiya to‘lab beriladi.

Masalan, Cisco kompaniyasidan CyberOps professional kursining narxi 3000 dollardan 6000 dollargacha bo‘ladi. Shunday qilib, kursni muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar 3000 dollargacha kompensatsiya pulini olish imkoniyatiga ega.

Ushbu xalqaro IT-sertifikatlarni olish uchun onlayn va offlayn tarzda kurslarni bitirish mumkin.

Onlayn kurslarni HUAWEI, Coursera, Skillbox, Geekbrains kabi platformalarda, oflayn ta’limni esa IT-Park Toshkent filialida hamda poytaxtda joylashgan bir qator xususiy o‘quv markazlarida olish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring