«Xabar.uz» SEO/CMM xizmati bo‘yicha tender tanlovi e’lon qiladi
«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali o‘zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga (o‘zbek va rus tilida) SEO/CMM xizmati bo‘yicha tender tanlovi e’lon qiladi.
Tanlov shartlari:
- Bir kun davomida xabar.uz saytining o‘zbek tilidagi kamida 40 ta xabarini dizayn qilish va ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, Telegram, Twitter, Odnoklassniki)ga joylashtirish;
- Bir kun davomida xabar.uz saytining rus tilidagi kamida 20 ta xabarini dizayn qilish va ijtimoiy tarmoqlar (Facebook, Instagram, Telegram, Twitter, Odnoklassniki)ga joylashtirish;
- Bir oy davomida xabar.uz sayti o‘zbek tilidagi kamida 20 ta xabarni ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Telegram) pullik reklama xizmati asosida targ‘ib kilish;
- Bir oy davomida xabar.uz sayti rus tilidagi kamida 5 ta xabarni ijtimoiy tarmoqlarda (Facebook, Instagram, Telegram) pullik reklama xizmati asosida targ‘ib kilish;
- Loyiha uchun kamida 1 nafar grafik dizayner, 1 nafar SMM menejer biriktirish;
- Loyiha uchun SEO/CMM xizmati ko‘rsatish vaqtini ertalab soat 7:00 dan tungi 01:00 gacha (dam olish va bayram kunlarisiz) ta’minlab berish;
Loyiha muddati 6 oy.
Tanlov 2019 yilning 5 iyuligacha davom etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter