Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Windows 11 rasman taqdim etildi

Windows 11 rasman taqdim etildi

Foto: «Microsoft»

«Microsoft» kompaniyasi 4-oktyabr sanasida (rejadagidan bir kun avval) Windows 11 operatsion tizimini rasman taqdim etdi. Bu haqda «The Verge» portali xabar berdi.

Yangi operatsion tizimni bugun, 5 oktyabrdan boshlab yuklab olish mumkin.

«Windows 11 — sizni sevgan narsalaringizga yaqinlashtirish borasida Windowsning yangi tajribasi», — deyiladi kompaniya bayonotida.

«Microsoft» Windows 11 uchun kompyuterlarga qo‘yayotgan talablar bu gal qattiqroq: yangi amaliy tizimni o‘rnatish uchun Intel Core 8 yoki Ryzen 2000 va boshqa yangi avlod protsessorlar kerak. Kompyuterning operativ xotirasi 4 GB, doimiy xotirasi sig‘imi kamida 64 GB bo‘lishi shart.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring