«WALK-MAN»: Dunyodagi ilk o‘t o‘chiruvchi robot
Italiya texnologiyalari instituti muhandislari dastlabki sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan «WALK-MAN» robot-o‘t o‘chiruvchini namoyish etdi, deb xabar berdi «Hi-News».
Aytish kerakki, «WALK-MAN» mustaqil harakatlana olmaydi: Uning harakatiga xavfsiz joyda turgan operator javob beradi. Robot konstruksiyasi unga odamlarni qutqarish va olovni o‘chirish vaqtida har qanday vositalardan, jumladan, boltadan tortib, o‘t o‘chirgichgacha foydalanish imkonini beradi. Robotning boshida lazer skaneri, bir nechta videokamera va mikrofon joylashgan bo‘lib, bu orqali «WALK-MAN» operatorga ma’lumotlarni yetkazib turadi.
Robotning harakatini uning «tanasi»ni turli qismlariga joylashtirilgan 32 ta dvigatel ta’minlaydi. Bundan tashqari mashinaga muvozanatni saqlay olishi uchun akselerometr ham o‘rnatilgan.
«WALK-MAN» bo‘yining balandligi 185 santimert, og‘irligi esa 102 kilogramm bo‘lib, robot bitta qo‘lida 10 kilogrammgacha yukni ko‘tarishga qodir. Biroq akkumulyator quvvati robotga 2 soatgina harakatlanish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter