Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«UZMOBILE GSM» standarti ishga tushirilganiga 3 yil to‘ldi

«UZMOBILE GSM» standarti ishga tushirilganiga 3 yil to‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

2015-yilning 15-aprelida poytaxt va Toshkent viloyati hududida «UZMOBILE GSM» standartigi tarmoq ishga tushirilgan edi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, uch yil ichida tarmoqqa ulanganlar abonentlar soni 2 milliondan oshdi.

«UZMOBILE» GSM tarmog‘ini kengaytirish ustida doimiy ish olib bormoqda va hududlarda 2G/3G va 4G texnologiyasini joriy etmoqda. Bundan tashqari, o‘tgan yil oxirida «Pre5G» tarmog‘ini sinovdan o‘tkazgan birinchi operator bo‘ldi.

Agar 2015-yilda kompaniyaning GSM tarmog‘i faqat Toshkent va viloyatlar markazini qamrab olgan bo‘lsa, baza stansiyalarining faol qurilishi natijasida bugungi kunda tarmoq qamrovi tumanlarni ham o‘z ichiga olgan.

Hozir yangi baza stansiyalarini o‘rnatish ishlari davom etyapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring