UZINFOCOM yagona integratori va Qozog‘istonning «Zerde» milliy infokommunikatsiya xoldingi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Bugun Olmaotada «Globallashuv davrida raqamli kun tartibi» mavzuidagi xalqaro forum o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Unda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
Forum natijalariga ko‘ra, UZINFOCOM yagona integratori direktori Ulug‘bek Tagaliyev «Zerde» milliy infokommunikatsiya xoldingi boshqaruvi raisi Ruslan Yensebayev bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.
Memorandum imzolanishi marosimida, shuningdek, O‘zbekiston delegatsiyasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri v.b. Sherzod Shermatov hamda «Mirzo Ulugbek Innovation Center» direktori Farhod Ibrohimov ham ishtirok etdi.
Qozog‘iston tomonidan axborot va kommuniksiyalar vaziri Dauren Abayev qatnashdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter