«Twitter»da uzoq kutilgan funksiya ishga tushadi
«Twitter» rahbari Jek Dorsi tvitlarni tahrirlash funksiyasini omma e’tiboriga havola qildi.
Taqdimot Nyu-Deli konferensiyasida bo‘ldi. «Ko‘p foydalanuvchilarimiz o‘zlari xato yozgan matlarni to‘g‘rilash uchun tvitlarni tahrirlash tugmasini kiritishimizni istashardi», — dedi Dorsi. Uning qo‘shimcha qilishicha, tvitlarni tahrirlash uchun vaqt juda cheklangan. Chunki mashhur foydalanuvchilar va taniqli shaxslar kelgusida o‘z yozganlaridan tonib qolishlari mumkin.
Mikrobloglar servisining foydalanuvchilari tvitlarni tahrirlash funksiyasini ko‘pdan beri kutishayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter