«Twitter»da o‘ziga xos rekord o‘rnatildi

«Qora pantera» filmida suratga tushgan amerikalik aktyor Chedvik Bouzmanning vafot etgani haqidagi xabar «Twitter» tarixidagi eng ommalashgan tvitga aylandi. Bu haqda mikrobloglar servisi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Bouzmanning oq-qora fotosurati joylangan sahifasi 7,1 milliondan ortiq «layk» to‘plagan. Kompaniya bu holatni «qirolga munosib ehtirom» sifatida baholadi.
Chedvik Bouzman 29-avgust kuni 43 yoshida saraton xastaligidan vafot etgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter