Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Twitter» 13 yoshga kirmagan foydalanuvchilarni ommaviy bloklashni boshladi

«Twitter» 13 yoshga kirmagan foydalanuvchilarni ommaviy bloklashni boshladi

Foto: «Nv.ua»

«Twitter» dasturchilari mazkur ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida uning qoidalariga mos kelmagan yosh foydalanuvchilarni blokloklashni boshladi. «Twitter»ga 2006-yilda asos solingani sabab, o‘sha vaqtlarda 13 yoshdan kichik bo‘lgan foydalanuvchilarning aksariyatini yoshi ayni vaqtda 18dan yuqorida, deb xabar berdi «Nv.ua».

«Twitter» ma’muriyatning ushbu qadamni amalga oshirishiga joriy yilning 25 may sanasidan boshlab Yevropa Ittifoqi hududida kuchga kirgan «Ma’lumotlarni muhofaza qilish bo‘yicha umumiy qoidalar» talabi sabab bo‘lgan.

«Menga «Twitter»dagi profilim bloklangani va unda joylashgan mening shaxsiy ma’lumotlarimni qayta ishlash uchun ota-onamning ruxsati kerakligi, bo‘lmasa akkauntim o‘chirib tashlanishi haqida ogohlantirish keldi», — deyi 20 yoshli foydalanuvchilardan biri. U ijtimoiy tarmoqdan 2009-yilda ro‘yxatdan o‘tgan va tug‘ilgan sanasini ko‘rsatmagan.

«Twitter» hozircha ushbu vaziyatga rasman izoh bermadi. Kompaniyadagi manbalarning ma’lum qilishicha, bloklash borasidagi qaror qabul qilib bo‘lingan.

Hozircha «Twitter» Yevropa Ittifoqi yangi qonunchiligiga bu tarzda tashabbus ko‘rsatgan yagona ijtimoiy tarmoq hisoblanadi. «Snapchat», «Facebook» va «Instagram» bunga qanday chora ko‘rishini hozircha bilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring