TikTok gorizontal videolarni sinashni boshladi
Qisqa vertikal videolar joylashtiriluvchi TikTok ijtimoiy tarmog‘i YouTube kabi katta ekranli gorizontal videolarni ham namoyish etishi mumkin. TechCrunch yozishicha, sinovlar boshlab yuborilgan.
Xabarda aytilishicha, foydalanuvchilar yangi tartibdagi sinov dasturida ishtirok etishlari mumkin. Tasdiqlovdan so‘ng ular istalgan rolikni tomosha qilishda interfeysda yangi tugmani ko‘rishadi.
TikTok o‘zi kabi vertikal qisqa roliklarni (Shorts) rivojlantirayotgan YouTube bilan gorizontal yo‘nalishda ham raqobatga kirishmoqchi. Masalan, TikTok rolik davomiyligini 10 daqiqagacha uzaytirdi.
TechCrunch ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim blogerlar gorizontal roliklarni chiqarishga faol kirishgan. Ayrim videolar boshlanishida hatto mualliflar tomoshabinlardan smartfonlarini gorizontal holatda tutishni so‘rashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter