Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi

Taniqli bloger TikTokni sotib olmoqchi

Foto: Startup Geek

Taniqli bloger MrBeast TikTokni sotib olishga shayligini bildirdi, u shu tariqa platformani AQShda bloklashdan asrab qolmoqchi.

Aytishicha, bayonotidan so‘ng milliarderlar uni qo‘llash niyatini bildirishgan.

Prezident Jo Bayden 2024-yil aprelida imzolagan qonunga ko‘ra, TikTok 2025-yil 19-yanvariga qadar o‘ziga amerikalik xo‘jayin topishi shart. Juda oz vaqt qoldi.

Hozirda TikTok AQShda 170 mln foydalanuvchiga ega.

Ma’lumot uchun: MrBeast (haqiqiy ismi — Jeyms Stiven (Jimmi) Donaldson; 1998-yilda tug‘ilgan) — amerikalik yutuber, tadbirkor va saxovatpesha.

YouTubedagi eng qimmat videotryuklar janri kashshofi hisoblanadi. 2024-yil yozida uning YouTube-kanali obunachilari soni 300 mln nafardan oshdi. Platforma tarixida bunday natijaga erishgan ilk inson sanaladi. Bundan tashqari ham juda ko‘plab loyihalari bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring