Shveysariyaliklar robotni musiqa sadolariga monand raqsga tushishga o‘rgatdi (video)
Shveysariyalik ixtirochilar turli harakatlarni bajraishga qodir to‘rt oyoqli «ANYmal» robotini yaratdi. Qurilmaga o‘rnatilgan dasturiy ta’minot unga musiqa sadolari ostida raqsga tushish imkoniyatini beradi, deb xabar qildi «Hi-News».
Aslini olganda to‘rt oyoqli mazkur mashina bir necha yil oldin yaratilgan, biroq uni bu kabi «odamni aqldan ozdiradigan» qilish uchun ancha vaqt kerak bo‘ldi. «ANYmal» «Boston Dynamics» kompaniya tomonidan yaratilgan robotlarga ham o‘xshab ketradi, faqat u o‘zining amerikalik «qarindoshlari»dan yengilroq. Uning og‘irligi 30 kilogrammni tashkil etadi. «Boston Dynamics»ning «BigDog» roboti esa 110 kilogrammga teng.
«ANYmal»ning harakatini 12 ta elektromotor ta’minlaydi. Ular yordamida robot oyoqlarini istalgan yo‘nalishga harakatlantira oladi. Shuningdek, unga ikki soat avtonom holda ishlashini ta’minlaydigan akkumulyator ham o‘rnatilgan.
Dasturchilar «ANYmal» uchun maxsus dastur ta’minotni yozib chiqdi. U real vaqtda musiqani tahlil qilib, uning tempini aniqlaydi. Shundan so‘ng robot o‘zining ma’lumotlar bazasidan kerakli harakatni tanlab olib, shu asnoda harakatlanadi. Raqs vaqtida robotning harakatlari kuyga monand o‘zgarib turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter