Shuhrat Sodiqov «Veon» kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi
Bugun, 5-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov «Veon» kompaniyalar guruhi bosh ijrochi direktori Kaan Terzioglu bilan uchrashdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Vazir mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, telekommunikatsiya xizmatlari ko‘rsatish bozorini yanada rivojlantirish, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, xususan, mobil aloqa kompaniyalarining samarali faoliyat olib borishlari uchun yurtimizda har tomonlama keng imkoniyatlar yaratib berilganini ta’kidladi.
Uchrashuv chog‘ida axborot texnologiyalari va eng yangi texnologiyalarni joriy etish masalalari hamda kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Tomonlar axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ulkan salohiyat mavjudligi hamda bu borada barcha sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter