Selfi-fotolarini million dollarga sotgan yigit
Indoneziyalik 22 yoshli talaba yigit o‘z selfi-fotolarini NFT platformasi orqali million dollardan qimmatroqqa sotdi.
«Selfilarim birovni qiziqtiradi, deb o‘ylamagandim», — dedi yigit.
Talaba avvaliga har bir fotosuratni atigi 3 dollardan narxlagandi. Selfilari soni esa sanoqsiz edi. Gap shundaki, u erinmay oxirgi besh yil davomida deyarli har kuni kompyuter qarshisida o‘tirib, o‘zini suratga olgan. Maqsadi bitiruv kechasiga deyarli 1000 ta selfi-fotodan videorolik tayyorlash edi. Ammo rejasi o‘zgarib ketdi.
Talaba OpenSea saytida joylagan selfilarga indoneziyalik bir mashhur qiziqish bildirganidan so‘ng uning selfilari to‘plami umumiy qiymati 317 efir (kriptovalyuta)ga yoki 1 million AQSh dollaridan ziyodroqqa qimmatlashdi. Qiziqish eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan paytda bitta selfining narxi 0,9 efir — taxminan $3000ni tashkil etdi.
Talaba yigit o‘z fotolarini sotib olganlardan ulardan suiiste’mol qilmasdan foydalanishni iltimos qildi — aks holda ota-onasining jahli chiqadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter