Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya sudi «Facebook» va «Instagram»ni taqiqladi

Rossiya sudi «Facebook» va «Instagram»ni taqiqladi

Foto: «Google.com»

Sud Rossiya Bosh prokuraturasining Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarini taqiqlash haqidagi talabini qanoatlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, ayblovchi suddan Meta kompaniyasini ekstremistik tashkilot deb tan olishni so‘ragandi. Shu munosabat bilan bu kompaniyaga qarashli bo‘lgan Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlari taqiqlangan.

Sudda qayd etilganidek, ushbu qaror darhol kuchga kiradi.

Shu bilan birga, Meta faoliyati taqiqi WhatsAppga nisbatan joriy qilinmaydi. Shuningdek, prokuror sud majlisida ushbu ijtimoiy tarmoqlardan oddiy foydalangani uchun fuqarolar javobgarlikka tortilmasligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Roskomnadzor allaqachon Instagram va Facebookni bloklashni boshlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring