«Roskomnadzor» «Google»ning 3,7 millionta manzilini bloklab qo‘ydi
«Roskomnadzor» «Google»ning 3,7 million IP-manzilini bloklab qo‘ydi. Xususan, yot internet-resurslar ishining to‘g‘riligini ta’minlash maqsadida kompaniyaning oltita tarmog‘i bloklangan, deb xabar beradi «NV.ua».
«Jumladan, ushbu tarmoqlarda bo‘lgan«Telegram» IP-manzillari to‘liq aniqlandi va bloklanmoqda», — deyiladi «Roskomnadzor» xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 3-aprel kuni Tagansk sudi «Telegram» messenjerini Rossiya hududida taqiqlash bo‘yicha o‘z hukmini chiqargan edi.
17-aprel kuni esa «Amazon» va «Google»ning millionlab mazillari bloklangani ma’lum bo‘lgandi. Shuningdek, «Viber», «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlari va «Microsoft» va «VPN» servislari ishida ham muammolar yuzaga kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter