Robot-akrobat ikkitalik saltoni amalga oshirishni o‘rganib oldi (video)
«Stickman» — bu uzunligi 2 metrga yetadigan mexanik oyoq. U o‘zaro sharnirlar bilan bog‘langan uchta alyuminiy qismdan iborat. «Stickman» konstruksiyasi gimnastikachilarning harakatini takrorlashga qodir qilib ishlangan, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».
Robot-akrobatning korpusida uchta sensor mavjud. Ular turli yo‘nalishlarga qarab joylashtirilgani sabab, «Stickman» o‘zining qanday balandlikda eganligini «tushunadi».
Robot hatto havoda aylanish vaqtida ham yergacha qancha masofa borligini aniq biladi.
Robot ixtirochisi hisoblanuvchi «Disney Research» firmasi keyinchalik «Stickman»ga qo‘shimcha sensorlarni o‘rnatib, unga anchayin murakkab mashqlarni bajartirish niyatida. Bundan qanday maqsad ko‘zlangani hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter