Radia kompaniyasi dunyodagi eng ulkan samolyotni quradi (foto)
Radia kompaniyasi jahondagi eng katta samolyotni quradi, deb xabar berdi The Sun.
WindRunner samolyotining uzunligi — 108 metr yoki jahondagi eng ulkan Boeing 747 samolyotidan 39 metr uzunroq, hatto «Uembli» stadionidan ham kattaroq bo‘ladi.
Shuncha uzunligiga qaramasdan, samolyotning balandligi — 24 metr, qanotlarining jami uzunligi — 80 metr. Foydali yuk ko‘taruvchanligi — qariyb 73 tonna.
Boeing 747ga qaraganda 12 baravar og‘ir yuk ko‘tara oladigan WindRunner samolyotidan shamol generatorlarining ulkan parraklarini tashishda foydalaniladi.
Ushbu olamshumul loyihaga raketasoz olim Mark Lundstryom rahbarlik qilmoqda. So‘nggi yetti yilni u samolyotni loyihalashga sarfladi. Uning asosiy vazifasi ulkan parraklarni tashish bilan bog‘liq qator muammolarga yechim topish edi. Ma’lumki, parraklar juda ulkan, shu bois bir reysda faqat bittasini tashish mumkin.
Radia jamoasi samolyotlarni tijoriy maqsadlarda ishlab chiqarish 2027-yildan boshlanishini kutmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter