O‘zbekistonning 9 banki onlayn konversiya uchun mobil ilovalarni ishga tushirdi
1 apreldan jismoniy shaxslar xalqaro to‘lov kartalaridagi xorijiy valyutani naqd ko‘rinishda yechib olish huquqiga ega bo‘lgani haqida xabar bergandik.
Hozirda bir nechta tijorat banklari kassalari, valyuta ayirboshlash punktlari va bankomatlar orqali naqd valyutani yechib olish uchun sharoitlar yaratilmoqda.
Bundan tashqari, «Milliy bank», «Hamkorbank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Ipotekabank», «Orient Finans Bank», «Agrobank», «Asia Alliance Bank», «Qishloqqurilishbank» va «Ipak Yuli» banklari tomonidan xalqaro to‘lov kartalarida xorijiy valyutani sotish va sotib olish imkoniyatini beradigan mobil ilovalar ishlab chiqilgan. Mazkur ilovalarni «Google Play» va «AppStore»dan yuklab olish mumkin.
Boshqa banklar tomonidan ham bunday mobil ilovalar ishga tushirilishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter