O‘zbekistonda turib Amerika kompaniyalarida qanday ishlash mumkin?
Joriy yilning dekabr oyida «Digital City»da o‘tkazilgan «Freelance Day» loyihasi doirasida «O‘zbekistonda turib Amerika kompaniyalarida ishlash» mavzusida uchinchi master klass bo‘lib o‘tdi.
Spiker 6 yillik tajribaga ega, frilanser, Jasurbek Nabijonov hozirda Amerikaning «Streamlayner» kompaniyasida web-dasturchi bo‘lib ishlaydi, bundan oldin Upwork platformasida ko‘plab xorij startup, IT kompaniyalariga o‘z frilanserlik xizmatlarini ko‘rsatgan. Suhbatda Jasurbek ishtirokchilar bilan dasturchilikka kirish, IT sohasida universitet o‘rni, frilanserlik orqali chet el kompaniyalarida ishlash, dasturchilikda duch keladigan to‘siq va qiyinchiliklarni yengib o‘tish yo‘lidagi ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob va maslahatlar oldilar.
Eng faol ishtirokchilar spiker tomonidan zamonaviy gadjetlar bilan taqdirlandilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter