Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqiladi

O‘zbekistonda kiberxavfsizlik strategiyasi ishlab chiqiladi

Avval xabar berganimizdek, Prezidentning «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Hujjatga ko‘ra, 2022 yil oktyabrga qadar «2023-2026 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik strategiyasi»ni ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

Bunda, «UZ» domen zonasi Internet-makonining kiberxavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari hamda elektron hukumat, energetika, raqamli iqtisodiyot tizimlari va muhim axborot infratuzilmasiga taaluqli boshqa yo‘nalishlarni himoya qilish bo‘yicha kompleks vazifalar belgilanadi.

Shuningdek, kiberjinoyatchilik uchun jinoiy javobgarlikni qayta ko‘rib chiqish ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga, hujjatda axborot maydonidagi kiberhujum va tahdidlarni monitoring qilish tizimini yanada takomillashtirish.

Bunda:

  • kiberxavfsizlikning Yagona tarmog‘ining texnik infratuzilmasini kengaytirish;
  • «Kibernetikada innovatsiyalar IT-parki» faoliyatini yanada jadallashtirish;
  • IT-parkning hududlardagi raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari negizida yoshlarni kiberxavfsizlik asoslari bo‘yicha o‘qitilishini ta’minlash hamda har yili talaba va o‘quvchilar orasida kiberhujumlar aniqlash bo‘yicha respublika miqyosida konkurslar o‘tkazishni nazarda tutish qayd etilgan.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring