Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yarim finalda O‘zbekiston nomidan qatnashadigan uch jamoa aniqlandi

Yarim finalda O‘zbekiston nomidan qatnashadigan uch jamoa aniqlandi

Foto: «Technovation»

2018-yilning 25-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida «Technovation Uzbekistan» tanlovining 2018-yil mavsumidagi yakuniy tadbiri «Celebration Event» bo‘lib o‘tdi.

Tanlov O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, BMTning O‘zbekistondagi ofisi, «BrandUz», «Startup-Mix», «StartupFactory.uz», «Green Business Innovation», O‘zbekistonda bola va oilalarni uyushmasi va «CodeCraft.uz» tomonidan tashkil etildi.

«Technovation Challenge» tanlovi 2010-yildan beri dunyoning 78 ta mamlakatida o‘tkaziladi. «Technovation Challenge» 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan va faqatgina qizlar uchun mo‘ljallangan texnologik ishlanmalar tanlovidir.

Tanlovning maqsadi – qizlarda dasturlash, tadbirkorlik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdir. Mazkur loyiha qatnashchilari barcha jalb etilgan tomonlarni texnik sohaga qiziqishini oshiradi, texnik kasblardagi qizlarning foizini oshiradi.

Tashkilotchilarning fikriga ko‘ra, tanlov doirasida olingan bilimlar qizlarga o‘ziga xos tajriba bo‘lib, raqobatli mehnat bozorida o‘zining munosib o‘rnini topish imkonini beradi. Tadbirkorlik va dasturlash ko‘nikmalari keyingi hayotlarida qisman bandlikni oilaviy majburiyatlar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatini beradi.

Joriy yilda mazkur dasturda qizlarning 29 jamoasi ishtirok etdi: 24 ta katta yoshdagi jamoalar (15-18 yosh) va 5 ta kichik yoshdagi jamoalar (10-15 yosh). Ulardan ikkita jamoa Urganch va Qarshi shahridan.

«Celebration Event» tadbiri davomida jamoalar o‘zlari yaratgan mobil ilovalarni taqdim etdilar. Kichik guruh jamoalari esa sahnada taqdimotlar qildilar.

Foto: «Inha.uz»

Tadbirning rasmiy qismida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, BMT Rivojlanish dasturi va O‘zbekistonda bola va oilalarni uyushmasi hamda boshqa loyiha hamkorlari vakillari «Technovation Uzbekistan» mehmonlari va ishtirokchilarni qutladilar.

«Technovation Uzbekistan» barcha ishtirokchilari sertifikatlarni qo‘lga kiritdilar. Tadbir yakunida O‘zbekiston nomidan jahon chempionati yarim finaliga chiqqan uchta jamoa nomi e’lon qilindi.

Yarim finalga «Black Letter» loyihasi bilan «Technomama» jamoasi, Daun sindromi bolalariga ega ota-onalar uchun «SunChild» mobil dastur bilan «Brilliant Ideas» jamoasi va ekologik «PET-game» loyihasi bilan «Droplet» jamoalari yo‘l oldilar.

Tanlovning keyingi bosqichida barcha ishtirokchilarning hamma loyihalari butun dunyo bo‘ylab namoyish etiladi. Shundan so‘ng 10 ta finalchi-jamoalar aniqlanadi, ular esa San-Fransisko, Kaliforniyada bo‘lib o‘tadigan tadbirning so‘nggi bosqichida ishtirok etishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring