O‘zbekiston — interneti eng arzon mamlakatlar qatoriga kirdi
Britaniyaning cable.co.uk portali 230 mamlakatdagi internet narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, interneti arzonligi bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda 21-o‘rinni egallab turibdi. Portal ma’lumotida keltirilishicha, mamlakatda 1 GB internet uchun eng yuqori narx — 23,75 dollar, o‘rtacha narx — 0,60 dollar, eng past narx — 0,01 dollar. Bir yil davomida O‘zbekiston ko‘rsatkichlarini 33 pog‘onaga yaxshilab oldi.
Eng arzon internetga ega bo‘lgan to‘rt mamlakat:
- Isroil — bir GB uchun o‘rtacha 0,05 dollar;
- Qirg‘iziston — bir GB uchun o‘rtacha 0,15 dollar;
- Fidji — bir GB uchun o‘rtacha 0,19 dollar;
- Italiya — bir GB uchun o‘rtacha 0,27 dollar;
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter