O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda o‘z o‘rnini yaxshiladi
![O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda o‘z o‘rnini yaxshiladi](https://static.xabaruz.com/crop/3/1/720_460_95_3138850075.jpg)
«Speedtest Global Index» ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tezligi oshgan.
«Spot»ning xabar berishicha, «Speedtest.net» internet servisi an’anaviy «Speedtest Global Index» reytingini e’lon qilgan. Unda 2018-yil fevral yakunlari bo‘yicha dunyodagi simli va simsiz internet tezligi ma’lumotlari joy olgan.
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha yanvar oyidagi ko‘rsatkichini bir pog‘onaga yaxshiladi va 120-o‘ringa (6,56 Mbit/s) ko‘tarilib oldi.
Simli internet reytingida esa O‘zbekiston avvalgi oyga nisbatan ikki o‘ringa yuqorilab, 124-pog‘onani (6,39 Mbit/s) band etgan.
Reytingda mobil internet tezligi bo‘yicha Norvegiya (62,07 mbit/s), simli internet tezligi bo‘yicha esa Singapur (161,53 mbit/s) yetakchilik qilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter