Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘chirib tashlang! Mashhur android-ilova xavfli ekan

O‘chirib tashlang! Mashhur android-ilova xavfli ekan

Foto: Shutterstock / Fotodom

«Google Play»da eng ommalashgan ilovalardan biri android-smartfonlar uchun xavf tug‘dirmoqda, deb yozmoqda «Profil».

Ilova «Google Play»da top-10da, millionlab ijobiy fikrlar bildirilgan.

Biroq «Trend Micro» ekspertlari bu dasturni ko‘chirib o‘rnatgandan so‘ng smartfondagi muhim ma’lumotlar begona dasturlar uchun ochilib qolishini aniqlashdi.

Gap milliard marotabadan ortiq ko‘chirib olingan o‘sha mashhur «SHAREit» haqida boryapti. Ilova foydalanuvchilar musiqa, foto, video va boshqa fayllarni o‘zaro almashishlari uchun yaratilgan.

«Express» yozishicha, ushbu dastur orqali xakerlar keyinchalik smartfon buzilishiga sabab bo‘luvchi Man-in-the-disk (MITD) hujumlarini uyushtira olishadi.

«Trend Micro» ekspertlari 3 oy avval «SHAREit» mualliflariga ilovadagi nuqsonlarni va ehtimoliy xakerlik hujumlari aybdorlarini ko‘rsatib xabar yo‘llashgan. Biroq ishlab chiqaruvchi muammoni hal qilmagan.

«Trend Micro» ilovadagi nosozlikdan «Google» kompaniyasini ham ogohlantirgan. Ta’kidlanishicha, «SHAREit»da oxirgi yangilanish 9-fevralda amalga oshirilgan, ya’ni muammo hanuz yechimini kutyapti.

Ekspertlar nosozlik tuzatilishigacha bu ilovani ko‘chirmaslikni, telefoniga o‘rnatganlar bo‘lsa, darhol o‘chirib tashlashni tavsiya qilishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring