Mobil internet tezligini yorug‘lik tezligiga tenglashtirishmoqchi
«Google» korporatsiyasi AMP-texnologiyalarini takomillashtirish yo‘li orqali mobil internet tezligini oshirmoqchi, deb xabar berdi «Runews24».
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, AMP-texnologiyalari internet-sahifalarning soniyalar ulushida yuklanishini ta’minlaydi. Bugunda ushbu texnologiyada faqatgina «Twitter», «Google», «Baidu» va «Bing» ishlaydi. U «Google» tomonidan 2016-yili ishga tushirilgandi.
Dasturchilar mazkur texnologiyani modernizatsiya qilishga jiddiy kirishishgan. Amerika kompaniyasi kelgusida bu texnologiyani standartga aylantirishni istamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter