Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Microsoft» neyrotarmoq asosida ishlaydigan oflayn-tarjimonni taqdim etdi

«Microsoft» neyrotarmoq asosida ishlaydigan oflayn-tarjimonni taqdim etdi

Foto: «Hi-News»

«Microsoft» kompaniyasi neyrotarmoqlar algoritmi asosida ishlaydigan ancha sifatli oflayn-tarjimonni taqdim etdi», — deb xabar beradi «Hi-News». Undan foydalanish uchun internet talab etilmaydi.

«Microsoft Translator»ning qayta ishlangan versiyasi arab, xitoy (soddalashtirilgan), fransuz, nemis, italyan, yapon, koreys, portugal, rus, ispan va tay tilidan tarjima qiladi. Tarjima sifati boshqa dasturlarga nisbatan o‘rtacha 23 foiz o‘sdi», — deydi «Microsoft» dasturchilari.

Ta’kidlash kerakki, neyrotarmoqli tarjima funksiyasi 2017-yilning kuzida ishga tushirilgan, biroq undan faqatgina internet orqali foydalanish mumkin edi.

Neyrotarmoq algoritmlari bilan taniqli «Google» tarjimoni yaxshi ishlaydi, biroq onlayn rejimda. U orqali jumlalarni muammosiz tarjima qilish mumkin bo‘lsa-da, to‘laqonli suhbatlashishning imkoni hozircha baribir yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring