«Matritsa» filmidagi afsonaviy telefon qayta «jonlantirildi» (foto)

«Matritsa» filmidan epizod.
«Nokia» kompaniyasi o‘zining eski brendini yana qayta dunyoga keltirdi — bu afsonaviy «Nokia 8810» telefoni modelining yangilangan variantidir. Yangi gadjet Barselonada davom etayotgan MWC 2018 anjumanida namoyish qilindi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».
Ushbu telefon «Matritsa» filmida keng qo‘llanilgani bilan ham mashhurdir.
Yangi taqdim qilingan telefon LTE-aloqani qo‘llay oladi va unga zamonaviy ilovalar o‘rnatilgan.
Narxi — 79 yevro. Siz uni xarid qilgan bo‘larmidingiz? Quyida «jonli» fotolar taqdim etiladi:



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter