Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maskning raqobatchisi. Xitoy kosmik internet uchun o‘nlab sun’iy yo‘ldoshini uchiradi

Maskning raqobatchisi. Xitoy kosmik internet uchun o‘nlab sun’iy yo‘ldoshini uchiradi

Foto: «NV.ua»

Xitoyning «CASIC» kompaniyasi butun dunyo foydalanuvchilariga internetga kirishni ta’minlaydigan «Hongyun» loyihasi ustida ish olib bormoqda. Kompaniya muhandislarining ta’kidlashicha, «tarmoq Yer yuzining barcha burchaklariga, jumladan, Arktika va Antarktidaga ham yetib boradi», — deyiladi «Nv.ua» xabarida.

«CASIC» prezidenti Chjan Chjunyanning aytishicha, muhandislar sun’iy yo‘ldoshlarni yig‘ish hamda uni joriy yil oxiriga qadar yer orbitasiga olib chiqishni rejalashtirmoqda.

2016-yilning sentyabrida tashkil etilgan «Hongyun» loyihasi doirasida 156 ta kichik sun’iy yo‘ldoshni Yerdan 1000 kilometr atrofida bo‘lgan orbitaga olib chiqib, kosmik kommunikatsiya tarmog‘ini ishga tushirish rejalashtirilgan. Har bir qurilmaning o‘tkazuvchanlik tezligi 4 Gb/soniyani tashkil etadi.

2020-yilga qadar to‘rtta sun’iy yo‘ldoshni uchirish, 2022-yilga borib esa tarmoqni to‘liq shakllantirish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, 22-fevral kuni «SpaceX» kompaniyasi ham xuddi shu maqsadda «Falcon 9» raketa-tashuvchisini uchirgan edi. Biroq Maskning yo‘ldoshli internetidan yaqin orada foydalanish imkoni bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring