Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kremniy vodiysida robot buyurtma bo‘yicha ovqat tashishni boshladi (foto)

Kremniy vodiysida robot buyurtma bo‘yicha ovqat tashishni boshladi (foto)

Foto: «Hi-News»

Kremniy vodiysida toza havoda ovqatlanishni istovchilar yoki oshxonasi yo‘q ofisda ishlovchilar uchun ovqat yetkazib mo‘ljallangan olti g‘ildirakli robot ishga tushirildi, deb xabar beradi «Hi-News».

Foto: «Hi-News»

«Starship Technologies» kompaniyasiga tegishli mahsulot Mauntin Vyu ko‘chasi bo‘ylab harakatlana boshladi. 2018 yil oxiriga qadar kompaniya shu turdagi robotlarni 1000 nusxada yo‘lga qo‘yadi. Ular taomlarni restoranlardan buyurtmachiga yetkazib berish bilan shug‘ullanadi.

Foto: «Hi-News»

Avvaliga «Starship Technologies» va «Skype» asoschilari Axti Xeynla va Yanus Friis Mars hamda Oy yuzasidagi tosh namunalarini yig‘ishga ixtisoslashgan robotni yaratish ustida ish olib borgan. Shu sababli robot-yetkazib beruvchi o‘z ko‘rinishi bilan multivarka va marsoxodni yodga solati. Ular o‘z g‘oyasini amalga oshirish uchun investorlardan 2016-yilda 17 million dollar jalb qilgan. Asosiy sarmoyachi «Daimler» kompaniyasi.

Foto: «Hi-News»

Robot soatiga 6 kilometr tezlik bilan piyodalar yo‘lakchalari orqali harakatlanadi. Unga to‘qqizta kamera va ultratovush datchiklari o‘rnatilgan. Chorrahalarni esa qoidalarga rioya qilgan holda kesib o‘tadi. U svetoforning ranglarini bemalol ajrata olishga qodir. Agarda kimdir uning o‘g‘irlashga harakat qilsa, robot ofisga signal yuboradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring