Kecha tunda O‘zTV kanallari nega ko‘rsatmadi? «O‘zkomnazorat» sababini ma’lum qildi
Ijtimoiy tarmoqlar va yangiliklar tarqatuvchi nashrlarda 2020-yil 4-fevral kuni O‘zbekiston MTRK ishida katta uzilish kuzatilgani va barcha davlat telekanallarining efirga berilishi to‘xtab qolganligi haqida xabarlar tarqaldi.
«O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi mazkur xabarlarga munosabat bildirib, «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» DUKning xatiga asosan 4-fevral kuni markaz uskunalarida soat 01:00 dan 06:00 ga qadar rejadagi profilaktika ishlari olib borilgani va ushbu vaqt oralig‘ida davlat va nodavlat telekanallari signallarining raqamli uzatilishi vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, «O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi ushbu xabarni joriy yilning 3-fevral kuni o‘z rasmiy sayti, feysbukdagi rasmiy sahifasi hamda telegram messenjeridagi kanalida joylashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter