Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston kompaniyasi O‘zbekistonda bir nechta loyihalarni amalga oshirmoqchi

Qozog‘iston kompaniyasi O‘zbekistonda bir nechta loyihalarni amalga oshirmoqchi

Foto: «Mitc.uz»

Bugun, 25-mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov «Kazteleport» AK (Qozog‘iston) rahbariyatini qabul qildi.

Xabarda aytilishicha, uchrashuvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik muhokama qilingan. Xususan, «Kazteleport» AK vakillari «Raqamli O‘zbekiston-2030» strategiyasi doirasidagi loyihalarda ishtirok etishga qiziqish bildirishib, mamlakatimizda data-markaz qurish va IT-kompaniyalarga investitsiya kiritish tashabbusi bilan chiqishdi.

O‘zbekistonda BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning ishlashi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, qolaversa, mahalliy malakali IT-xodimlar yetarlicha. «Kazteleport» AK vakillari IT-xodimlarni tayyorlash uchun o‘z mutaxassislarini jalb etish taklifini ham bildirishdi, deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring