Ixtirochilik va innovatsion faollik rag‘batlantiriladi
O‘zbekiston Respublikasi intellektual mulk agentligi ixtirochilik va ilmiy-texnikaviy ijodni rag‘batlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishga ko‘maklashish maqsadida «Best IP – 2018» tanlovini e’lon qildi.
Tanlovda «Eng yaxshi ixtiro», «Eng yaxshi foydali model», «Eng yaxshi sanoat namunasi», «Eng yaxshi seleksiya yutug‘i», «Eng yaxshi EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasi» hamda «Yoshlar o‘rtasida eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi» nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.
Tanlovga so‘nggi 3 yil (2015 – 2017-yillar) davomida muhofaza hujjatlari olingan va amalda saqlab turilgan ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari hamda mahalliy mualliflar (huquq egalari) tomonidan yaratilgan EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalari hamda seleksiya yutuqlari qabul qilinadi.
Tanlovning yoshlar o‘rtasidagi «eng yaxshi EHM uchun dastur muallifi» nominatsiyasi yo‘nalishi bo‘yicha 40 yoshga to‘lmagan o‘zining EHM uchun yaratilgan dasturiga ega bo‘lgan shaxslar hujjatlarini topshirishi mumkin. Hujjatlar 2018-yilning 10-yanvaridan 2018-yil 10-apreliga qadar qabul qilinadi.
G‘oliblar «26-aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni» arafasida e’lon qilinadi hamda taqdirlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter