Irakliy Kashibadze: «O‘zbek xalqi juda tadbirkor, ishbilarmon»

«ICTWEEK 2018» AKT haftaligi doirasida «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida gruziyalik ekspert va maslahatchi Irakliy Kashibadze ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar berdi.
Irakliy Kashibadze «Future Laboratory» konsalting kompaniyasi bosh direktori hisoblanadi. U innovatsion va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlovchi ekotizimlarni rivojlantirish bilan faol shug‘ullanib keladi.
Seminarda markaz hodimlari hamda Tashqi savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy bank, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi singari davlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etishdi.
Gruziyalik ekspert-maslahatchi «Gruziyaning elektron tijoratni rivojlantirish tajribasi» hamda «Raqamli transformatsiya jarayonida investitsiyalarning qaytishiga qanday erishish mumkin?» mavzulariga bag‘ishlangan taqdimotlarni o‘tkazdi.

Kashibadzening fikricha, ye-tijoratning afzalliklari haqida hududlarda xabardorlik darajasini oshirish juda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, elektron tijorat bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarning bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borish darkor.
Gruziya va boshqa mamlakatlarning maksimal iqtisodiy foyda olish va raqamli transformatsiya jarayonida investitsiyalarning qaytishiga qanday erishish mumkinligi, elektron hukumat tizimini joriy etish borasida keltirilgan misollar bilan tanishish tadbir katnashchilari uchun qiziqarli kechdi.
«O‘zbek xalqi juda tadbirkor, ishbilarmon, u yuqori salohiyatga ega. Islohotlar juda tezkor sur’atlarda amalga oshirilayotgani odamni quvonitiradi», – deydi Kashibadze.
Seminar yakunida tinglovchilar sohada Gruziyaning tajribasi va erishgan yutuqlari haqida olingan qiziqarli ma’lumotlar va misollar uchun ekspert-maslahatchiga minnatdorlik bildirishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter