Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask «Twitter» rahbariyatining maoshini qirqmoqchi

Ilon Mask «Twitter» rahbariyatining maoshini qirqmoqchi

Foto: «Reuters»

«Tesla» va «SpaceX» kompaniyalari asoschisi Ilon Mask «Twitter»ni qo‘lga kiritganidan so‘ng, xarajatlarni qoplash yo‘llarini qidiryapti. Ishni esa ijtimoiy tarmoq top-menejmenti rahbariyatining maoshlarini qisqartirishdan va tvitlarni monetizatsiyalashning yangi yo‘llarini qidirishdan boshlamoqchi. Bu haqda o‘z ishonchi manbalariga asoslanib «Reuters» xabar berdi.

Rahbariyat maoshlarining qisqartirilishi $3 million atrofida mablag‘ni tejash imkonini beradi. Kreditor-bankirlarga murojaatida Mask «Twitter» aylanma mablag‘lari raqib ijtimoiy tarmoqlar — «Facebook» va «Pinterest»nikidan kamligini ko‘rsatgan.

Monetizatsiya borasida esa milliarder verifikatsiyalangan akkauntlarini o‘z sahifalariga joylovchi chet resurslardan to‘lov undirishni taklif qilyapti.

Ilon Mask kompaniyani sotib olish borasida «Twitter» rahbariyati bilan kelishgani 25-aprelda ma’lum bo‘lgandi. Shartnoma qiymati 44 milliard dollarga teng. Sharnoma to‘lovi 2022-yil oxirigacha amalga oshishi belgilangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring