Hokimlik huzurida AKTni rivojlantirish markazi tashkil qilindi

Toshkent shahar hokimligi tomonidan «Toshkent shahar «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi» davlat unitar korxonasini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, Toshkent shahar hokimligi huzuridagi «Kompyuterlashtirish markazi» DUK qayta tashkil etilib, unga «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi» DUK maqomi berildi.
Toshkent shahar «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi»ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- Toshkent shahar va tuman hokimliklarida ishlarni rejalashtirish, tahlil va nazorat qilish, qabul qilinayotgan qarorlarning samarali amalga oshirilishini monitoring qilish, hisobotlarni elektron shakllantirishni o‘z ichiga olgan «elektron hokimiyat» kompleks axborot tizimini joriy etish;
- Toshkent shahar va tuman hokimliklarining axborot tizimlari, resurslari va ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish, ularni boshqa davlat organlarining tizimlari bilan integratsiya qilish;
- Toshkent shahar va tuman hokimliklarining axborotlashtirish ob’yektlarida axborot xavfsizligiga tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga qarshi kurashish, axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazorat va monitoringni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-texnik choralarni amalga oshirish;
- Toshkent shahridagi shahar va tuman hokimliklari o‘rtasida o‘zaro elektron axborot almashinuvini tashkil etish;
- Toshkent shahridagi shahar va tuman hokimliklari, bosh boshqarma, boshqarma, korxona va tashkilotlarga hamda ularning hududiy bo‘linmalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dasturlash va telekommunikatsiya yo‘nalishlari bilan bir qatorda, zamonaviy xizmatlarni (autsorsing, konsalting, biznes jarayonlari va boshqaruvni maqbullashtirish) ko‘rsatish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter