Hindlar Zuhroni zabt etishmoqchi
Hindiston Venera (Zuhro)ga sayyoralararo avtomat stansiyasini uchirishga tayyorlanayotgani haqida Hindiston fazoviy tadqiqotlar tashkiloti rahbari Shridhar Paniker Somnath bayonot berdi.
Fazoviy missiyaga 2024-yilning dekabrida start berilishi rejalashtirilgan.
Agarda reja belgilangan muddatidan kechiksa, missiya 2031-yilga qoldiriladi. Hammasi ko‘ngildagidek kechib, 2024-yil dekabrida raketaga start berilsa, stansiya 2025-yilda Zuhro orbitasiga yetib boradi.
Hind olimlarining maqsadi Quyosh shamollari va Venera ionosferasining o‘zaro ta’sirlarini o‘rganishdir.
«Hindiston Zuhro missiyasiga hozirlik va startni juda qisqa muddatda bajarishi mumkin, chunki buning uchun yetarlicha salohiyatga ega», — deya ta’kidladi Somnath.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter