Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google Play» do‘konida juda foydali ilova paydo bo‘ldi

«Google Play» do‘konida juda foydali ilova paydo bo‘ldi

Endi «Google Play» yangilamalar bo‘limida xotirada joy kamligi haqida ogohlantiruvchi yorliq bor.

Foto: «AKKet»

«Google» kompaniyasi o‘z «Android» amaliy tizimi va  «Google Play» ilovalar do‘koni imkoniyatlarini yaxshilash yo‘lida doimiy izlanishda, yaqinda joriy etilgan funksiya ham android-smartfonlar sohiblarini quvontirishi aniq. U foydalanuvchini uning smartfoni xotirasida qancha bo‘sh joy qolgani haqida ogoh etadi, deb xabar berdi «Astera».

Ilgarilari «Google Play»dan ilova yoki o‘yinlar ko‘chirib olish chog‘i ko‘pincha qurilma xotirasida bo‘sh joy yetishmasligi noxush vaziyatga sabab bo‘lardi. Smartfonda bo‘sh joy ochish uchun aksariyat vaziyatlarda sozlamalar bo‘limiga kirish, keraksiz ilovalarni o‘chirib tashlash zarur bo‘lardi. Yangi funksiya ana shu boshog‘riqlarga qarshi eng yaxshi chora sanaladi.

Endi «Google Play» yangilamalar bo‘limida xotirada joy kamligi haqida ogohlantiruvchi yorliq bor. Bu tugma bosilsa foydalanuvchining dasturlari ro‘yxati paydo bo‘ladi, ular kerakliligi bo‘yicha saralanadi, ya’ni eng ko‘p ishlatiladiganlari yuqorida, kam yoki umuman ishlatilmayotganlari quyida aks etadi. Ularning qaysi birini qoldirish yoki o‘chirib yuborish foydalanuvchining o‘z ixtiyorida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring