Google ilovalarida xatoliklar kuzatilmoqda. Yechim bor
Rossiyalik foydalanuvchilar Google Android dasturining so‘nggi versiyasida xatolikni payqashdi. Dastur har 10-15 soniyada sodir bo‘lmoqda. O‘zbekistonda ham ko‘pchilikda ushbu muammo uchragan.
Muammo asosan Rossiya va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida Android qurilmadan foydalanuvchilarida uchragan, deb xabar bermoqda Downdetector veb-sayti.
Google muammodan xabardor, tegishli vazifalar kompaniya mutaxassislariga yuklatilgan. Yaqinda xatolarni tuzatuvchi yangilanish chiqishi kutilmoqda. Vaziyatni vaqtincha hal qilish yo‘li topildi: smartfondagi Google dastur belgisini uzoq vaqt bosib, ma’lumot belgisini (i harfi) bosib, shundan so‘ng, ko‘rsatilgan menyuda qo‘shimcha sozlash bo‘limidan (ekranning yuqori o‘ng burchagida uchta nuqta) «Yangilanishlarni olib tashlash» bandini tanlash va jarayon tugashini kutish tavsiya etilmoqda.
Bundan tashqari, ilovalar do‘koni parametrlarida Google Play orqali dasturni avtomatik yangilashni oldini olish elementini o‘chirib qo‘ysa ham bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter