«Google» fotoni to‘liq o‘lchamda ochish funksiyasidan voz kechdi, ammo buning hamon bir nechta usuli bor
«Google» kompaniyasi suratlarni qidirish tartibidagi o‘zgarishlar haqida ma’lum qildi, deb yozadi «TJournal». Avval tasvir ustiga bosilganda «view image» («To‘liq o‘lchamda ochish») tugmasi paydo bo‘lar edi. U tasvirni alohida va «to‘g‘ri» o‘lchamda ochish imkonini berar edi. Biroq «Google» mazkur funksiyadan voz kechdi.
Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, surat joylashtirilgan saytni ochish mumkin bo‘lgan «o‘tish» tugmasi qoldirilgan. «Google»ning ma’lumotlariga ko‘ra, foydalanuvchilar suratni alohida emas, «kontekst»da ko‘rishi mumkin. Shuningdek, endi suratlarni qidirish natijalarida «surat bo‘yicha qidirish» funksiyasini tanlash imkoni yo‘q. Shunga qaramay, boshqa joylarda undan foydalanishning iloji bor.
«The Verge» nashri tugmalarning olib tashlanishi «Getty Images» foto agentligi bilan tuzilgan bitimning bir qismi ekanligiga e’tibor qaratdi. «Google» foydalanuvchilari suratlarni qidirish orqali mualliflik huquqi bilan himoya qilingan fotosuratlarni oson o‘g‘irlashi mumkinligi uchun muntazam tanqid qilingan.
Ko‘rilgan choralarga qaramasdan, «Google»da suratni to‘liq o‘lchamda ochishning hamon bir nechta usuli mavjud:
- Suratlarni qidirish natijalarida sichqonchaning o‘ng tugmasini surat ustiga bosish va «Suratni yangi ilovada (vkladka) ochish» funksiyasini tanlash;
- Sichqonchaning o‘ng tugmasini bosish va «Surat URL ko‘rsatkichidan nusxa olish»ni tanlab, uni manzil qatoriga kiritish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter