Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Fazoda bo‘lib qaytgan milliarder yana uchta missiyaga chipta sotib oldi

Fazoda bo‘lib qaytgan milliarder yana uchta missiyaga chipta sotib oldi

Jared Ayzekman (chapda).

Foto: «The Verge»

Amerikalik milliarder Jared Ayzekman «SpaceX» kemasida fazoga uchib, ilk fuqarolik ekipaji rahbari bo‘lgandi. Ayzekman yana uchta missiyada qatnashishi haqida «The Verge» xabar berdi.

«Polaris» nomi ostidagi ushbu missiyalarda yanada uzoq masofali fazoviy parvozlar ko‘zda tutilgan.

Ayzekman sotib olgan chiptalarning ikkitasi «SpaceX Crew Dragon» kemasi uchun. Bu parvozlarda milliarder Yerning yuqori orbitalariga safar qiladi. U bilan birga «SpaceX»ning ikki xodimi va AQSh harbiy-havo kuchlarining bir nafar sobiq uchuvchisi parvoz qiladi.

Parvoz muvaffaqiyatli o‘tsa, «SpaceX Crew Dragon» odamlarni orbitaning eng yuqori nuqtasiga olib chiqish bo‘yicha yangi natija qayd etadi. «Crew Dragon» shu paytgacha Yerning quyi orbitalarigacha borib kelgan.

Missiyaning so‘nggi bosqichi  — «SpaceX»ning inson boshqaradigan birinchi kemasi «Starship»ga start berilishi hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring