Eng ommalashgan ilova: bir oyda 63 million marta ko‘chirib olindi
Qisqa videoroliklar tayyorlash va tomosha qilishga mo‘ljallangan Tik Tok dunyodagi eng ommalashgan ilovaga aylandi. «Sensor Tower» xabariga ko‘ra, avgust oyi yakunlariga ko‘ra, TikTok eng ko‘p ko‘chirib olingan mobil ilova bo‘ldi.
Yuklab olishlar soni bo‘yicha TikTok ham App Store, ham Google Play yetakchisi.
Yoz faslining so‘nggi oyida ilova 63,3 million marta ko‘chirib olingan. Bu borada Braziliya va Indoneziya hammadan oldinda.
«Apple» foydalanuvchilari orasida ikkinchi ommalashgan ilova — ZOOM, androidlar foydalanuvchilari orasida — Snack Video.
Shuningdek, Facebook, Instagram va WhatsApp eng ommalashgan ilovalar sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter