«Elektron hukumat» markazida Hindistonning Acharya institutlari tarmog‘i delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
Kecha, 18 yanvar kuni «Elektron hukumat» markazida direktor Aziz Muhitdinov Hindistonning Acharya institutlari tarmog‘i ijrochi direktori Vishesh Chandrashekar bilan uchrashdi.
Suhbat davomida mehmonlar Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi faoliyati, jumladan, IT-mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari bilan tanishtirildi.
Shu bilan birga tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, O‘zbekistonda IT-ta’limni rivojlantirishga oid Hindiston tomonni qiziqtirgan masalalar yuzasidan ma’lumotlar ham berildi.
1990 yilda tashkil etilgan Acharya instituti tarmog‘i Bangalordagi eng yirik xususiy ta’lim muassasalaridan biridir. Uning tarkibiga 10 ta institut va 15 ta tadqiqot markazlari kiradi. Acharya institutlari tarmog‘ida 75 mamlakatdan 12 000 dan ziyod talabalar va 250 nafar doktorantlar bor. Ta’lim 100 dan ortiq o‘quv dasturlari bo‘yicha olib boriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter