Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish o‘ylaganimizdan osonroq (video)

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish o‘ylaganimizdan osonroq (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Elektronlashgan davlat xizmatlari ham qulaylik, ham vaqtni tejash garovi ekanini bugun ko‘pchilik anglab yetdi. Undan dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning foydalanib kelishi esa bunga yaqqol misoldir.

Bugun Elektron hukumatning Yagona identifikatsiya tizimi (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda ma’lumotnoma, ruxsatnoma, litsenziyalar olish, davlat tashkilotlari qabuliga masofadan navbatga yozilish hamda 200 dan ortiq davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish imkonini beradi.

Portalga kalit so‘zlar orqali kirib, so‘ng xizmatlarni qidirishga o‘tiladi. Tanlangan xizmatlar bo‘limiga eng ko‘p foydalanadigan xizmatlarni jamlash orqali tizimni o‘zimiz uchun yanada qulaylashtirish mumkin.

Muhimi, foydalangan xizmatlar va to‘lovlar tarixi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar doimo qo‘l ostingizda bo‘ladi.

To‘lovlarni osonlashtirish maqsadida jarimalar, qarzdorliklar, boshqa davlat bojlari hamda yig‘imlar uchun bank plastik kartasini tizimga kiritib, ishni to‘lov servislari orqali ham amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, avtotransport to‘g‘risidagi ma’lumotni kiritgach yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun yozilgan jarimalar mavjudmi yoki yo‘qligini avtomatik tarzda tekshirib borsa bo‘ladi.

Yana portal Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga bormasdan turib, onlayn tarzda respublika bo‘yicha doimiy va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini ham taqdim etadi.

Agar ilovani mobil telefoningizga yuklab olsangiz, istalgan vaqtda eng kerakli davlat xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. E’tiborlisi, tizim barcha turdagi qurilmalar uchun qulay qilib yaratilgan. Sayt ko‘rinishi esa ekranning istalgan o‘lchamiga moslasha oladi.

Eslatma: portal va mobil ilovadan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan davlat xizmatlari bilan bog‘liq takliflar, savollar yoki xatoliklar bo‘yicha «Sall-markaz» mutaxassislariga murojaat eting.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring