Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX kiberxavfsizlik sohasida vakolatli organ etib belgilanmoqda

DXX kiberxavfsizlik sohasida vakolatli organ etib belgilanmoqda

«Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma’lum qildi.

Kiberxavfsizlik — axborot xavfsizligi bo‘lib, u shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ichki va tashqi tahdidlardan himoya qilish holatini anglatadi.

Yangi qonunning maqsadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi kibermakonida kiberxavfsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;
  • Kiberxavfsizlik sohasidagi  vakolatli organning vakolatlari, huquq va majburiyatlarini belgilash;
  • Milliy kiberxavfsizlik sanoatini rag‘batlantirish, rivojlantirish uchun huquqiy bazani yaratish: davdat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish,  kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, milliy operatsion tizim va dasturi ta’minotlar yaratish va boshqalardan iborat.

Qonun loyihasiga ko‘ra, kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organi etib Davlat xavfsizlik xizmati belgilanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring